AZIZOV MANNON AZIZOVICH
AZIZOV MANNON AZIZOVICH (1913.1.5 — Toshkent — 1987.17.10) — kimyogar olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ixtirochi (1961). Kimyo fanlari doktori (1968), professor (1960). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1937). Toshkent farmatsevtika institutida assistent (1937 -44), kafedra mudiri (1944-57), rektor (1957- 70), lab. rahbari (1970-78). Asosiy ilmiy ishlari bioaktiv koordinatsion birikmalar kimyosiga oid. Azizov rahbarligida mikroelementlarning turli bioaktiv moddalar bilan birgalikdagi 500 ga yaqin kompleks birikmasi sin-tez qilingan. Koamid, feramid, kobalt 30 va kupir preparatlari tib-biyot amaliyotiga joriy etilgan. Toshkent farmasevtika institutida Mannon Azizov nomidagi stipendiya ta’sis etilgan. As: o kompleksnmx soedineniyax biologi-Cheski aktivnmx veshestv s mikroelementami, T., 1958; o kompleksnmx soedineniyax nekotorix mikroelementov s bioaktivnmmi veshestvami, T., 1969.