ALLAMURATOV ELMURAT TOREMURATOVICH

ALLAMURATOV ELMURAT TOREMURATOVICH (1960.1.3, Kegeyli tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2005). ToshDUni tugatgan (1982). 1986 yildan Kegeyli tumanidagi 8-, 1987 yildan 4-maktabda geografiya o’qituvchisi. Geografiya fani o’quv rejasi asosida o’quvchilarni Toshkent, Samarqand, Xiva shahahrlari, Sulton Uvays tog’iga olib borib, sayohat dars o’tadi. 8-sinf o’quvchilari uchun “Qoraqalpog’iston geografiyasi” darsligi mualliflaridan biri.