BENEDIKT XVI

BENEDIKT XVI (1927.16.4, Marktlam-Inn, Germaniya) — Rim papasi, Rim katolik cherkovi va Vatikan davlati boshlig’i. Fuqarolik nomi — Yozef Ratsinger. Myunxen universiteti huzuridagi ilohiyot institutini tugatgach, 1951 yil ruhoniy Rutbasini qabul qildi. 1952-77 yillarda Germaniyadagi oliy o’quv yurtlarida o’qituvchi. 1977 yildan Myunxen va Frayzing arxiepiskopi, shuningdek, kardinal. 1981-2005 yillarda diniy ta’limotlar bo’yicha kongregasiya (boshqaruv organi) prefekti; ayni vaktda vatikan kardinallari hay’ati dekani (2002-2005). 2005 yil 19 aprelda Rim papasi va Rim katolik cherkovi boshlig’i etib saylandi hamda Benedikt XVI nomini oldi.