MAJURO

MAJURO — Marshall orollari Rsspublikasining poytaxti. Orollar guruhining janubi-sharqidagi shu nomli orolda joylashgan. Aholisi 23,7 ming kishi (1999). Majuro porti orqali chetga kokos moyi, kopra, baliq mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari hamda fosfat chiqariladi.