VALVALIZ
VALVALIZ, Valvalij, Valij — ilk o’rta asrlarda Toxariston shaharlaridan biri. Xitoy sayyohi Syuan Szanning asarida “Xu”, “Tanshu”da esa A-Xuan shaklida qayd etilib, hozirgi Qunduz atrofida joylashgani aytilgan. Syuan Szanning ma’lumotiga ko’ra, Xu mulki Uxu, ya’ni Amudaryoningjan. qirg’og’ida joylashgan. Ushbu mulkning xoqoni tun yabg’uning o’g’li tardu shad bo’lib, unga temir qapig’dan Janubdagi barcha mayda mulklar tobe bo’lgan. Aholining bir qismi buddaviy, bir qismi ajdodlar ruhiga e’tiqod qilgan. Valvalizda 10 ga yaqin Budda monastiri va 100 ga yaqin rohiblar bo’lgan. “Tanshu”ga ko’ra, 656 — 660 yillarda A-Xuan, ya’ni Valvalizda “ashina” unvoniga ega bo’lgan Toxariston hokimi turgan. 9-asrda Valvaliz shahrini arablardan Muchaxim ibn Bistom idora etgan. Shaharda jome masjidi bo’lgan. 10-asrda Valvaliz Toxaristonda Toliqondan keyingi 2-yirik shahar hisoblangan “hudud ul-olam”ga ko’ra, Valvaliz ma’lum muddat “qasaba”, ya’ni Toxaristonning bosh shahri bo’lgan. 10-asrda shahar gullab-yashnagan, obod bo’lgap. Valvalizdan kunjut va uning moyi, yong’oq, bodom, pista, sholi, mosh va, shuningdek, hayvon iyuxlari, tulki terisi va boshqa chegga chiqarilgan. 11-asrda Gaznaviylar davrida Valvalizda zarbxona joylashgan. 12-asrdan Valvaliz Qunduz deb atala boshlangan. 12-asrda Saljuqiylar, so’ngra Xorazmshoxdar davrida Valvalizda zarb egilgan tangalarla Qunduz nomi ko’rsatilgan. Ad.. Kamaliddinov Sh.S., Istoriches Kaya gsografiya Yujpogo Sogda i Toxaristana po araboya 1gp11m istochnikam IX-nachala XIII vv., T., 1996.