ZOKIROV LAZIZ MAMAJONOVICH

ZOKIROV LAZIZ MAMAJONOVICH (1976.3.9, Jizzax tumani) — bokschi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1997), “O’zbekiston iftixori” (1998). 91 kilogrammdan ziyod vaznda O’zbekiston chempioni (1997, 1998), Osiyo chempionati (1997, Kualalumpur) va Osiyo o’yinlari (1998, Bangkok) bronza medali sovrindori, jahon kubogi golibi (1998, chong-Ging). Jizzax pedagogika institutini tugatgan (1996), Jizzax shahar bolalar va o’smirlar sport maktabida murabbiy (1995-2005), direktor (2005 yildan).