JANUBIY KEMACHI NEFTGAZ-KONDENSAT KONI
JANUBIY KEMACHI NEFTGAZ-KONDENSAT KONI – Buxoro viloyatidagi kon. Qorovulbozor temir yo’l stantsiyasidan 35 kilometr shimoli-sharqda. 1979 yilda ochilgan, 1993 yilda foydalanishga topshirilgan. Kon relefi tekislikdan iborat bo’lib, shimoli-sharqdan Janubi-G’arb tomonga qiyalangan, yer yuzasi eol qumlari bilan qoplangan. 236-274 metr balandlikda joylashgan. Kon maydoni Chorjo’y tektonik pog’onasidagi Ispanlichandir ko’tarilmasining Sharqiy qismidir. Strukturasi kemachi-zekri braxiantiklinalining janub qismida mujassamlashgan, 1970 yil seysmik razvedka ishlari natijasida aniklangan. O’lchami 25×15 kilometr. Keyinchalik qazilgan parametrik quduq ham sanoat miqyosida neft va gaz borligini tasdiqladi. 1979-1983 yillarda qaeilgan jami 22 quduq yura, bo’r, paleogen va to’rtlamchi davr jinslarini ochgan. Karbonat jinsli kollektor qatlamning umumiy qalinligi 336-407 metr bo’lib, u gorizontlarga ajratilgan. Sanoat miqyosidagi neft-gazlilik yuqori yura davrining karbonat yotqiziqlari bilan bog’liq. 15-R gorizontdan (2186-2308 metr chuqurlikda ochilgan) olingan gazning debiti 452-588 ming m/sutka. Gaz-neft tutash yuza “-2061 metr satxda belgilangan. Uyum massivli, o’lchami 11,5×4.1 kilometr, balandligi 130 metr. G’ovaklilik koeffitsienti 0,16; gazga to’yinganlik koeffisienti 0,78. Gaz quruq, metan miqdori 78,96—92,23%, azot kam (5,28%), karbonat kislotali (3,16), kam oltingugurtli (0,03%). Qatlam gazida etan 44 g/M1, propan 15 g/M1, izobutan 3 g/M1, Butan 4G/m geliy 0,003%’ Neft uyumi 15-NR va 15-R gori-zontlari bilan bog’liq bo’lib, 2309— 2347 metr chuqurlikda ochilgan. Uyum massivli, o’lchami 11,5×3,9 kilometr, balandligi 10,0 metr. Suvneft tutash yuzasi “-2071 metr satxda belgilangan. G’ovaklilik koeffisienti 0,15, neftga to’yinganlik — 0,69. Neft zichligi 0,884 g/sm1. Neft bera olishlik koeffisienti — 0,18. Neft o’rtacha va og’ir, oltingugurtli, smolali, parafinli, benzin fraktsiyasi kam. Neft tarkibida (%da); oltingugurt — 1,98, asfaltenlar — 1,77, smola — 9,6, paraffin -5,75, benzin fraktsiyalari — 8,56. Kondensatlar o’rtacha va og’ir, zichligi 0,774 g/sm1, oltingugurtli, 300° gacha 90-95% fraktsiyalar qaynaydi. Ulardan 75% benzin fraktsiyalariga to’g’ri keladi. Benzin fraktsiyalarning kerosin fraktsiyalarga nisbatan ajralishi 2,5 marotaba ko’p. Kondensatlardagi metan uglevodorodlarining miqdori 44,4— 54,2%. Barqaror kondeneatning gazdagi miqdori 43 g/M1. Yura davri yotqiziqlaridagi qatlam suvlari xlorid-kaltsiy tipli, metamorflashgan namakoblardan iborat. Suv zichligi 1,07—1,08 g/sm1, minerallashganligi 90-100 g/l. Suv tarkibida sanoat miqyosidagi yod (o’rtacha 54,0 mg/l) va brom (o’rtacha 400,0 mg/l) uchraydi. Shuningdek, sanoat miqyosida to’plangan litiy, rubidiy, strontsiy va tseziy elementlari mavjud. Janubiy kemachi koni neft va gaz zaxirasiga ko’ra o’rtacha yiriklikdagi konlar toifasiga kiradi.