IKROMOV ALISHER KARIMOVICH

IKROMOV ALISHER KARIMOVICH (1969. 9.6, Toshkent) — kompozitor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2005). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1985). O’zteleradiokompaniyasining musiqali ko’rsatuvlar bosh tahririyatida muharrir va bo’lim mudiri (1985-1989), Estrada-simfonik orkestrida pianinochi-kontsertmeyster (1990-95), dirijyor (1995), badiiy rahbar va bosh dirijyor (1996 y.Dai). “Sado” ansamblida musiqa rahbari (19X9—90). O’zbekiston konservatoriyasi (2004 yildan) va san’at inti (2005 yildan) da pedagog. Ikromov akademik va estrada yo’nalishlarida ijod qilib “Buyuk Temur” operasi, “Umar Xaysm” moiooperasi, “Temuriy malikalar” tele-baleti, 2 operetta, teatr spektakllari (40 dan ortiq) va kinofilmlar uchup musiqalar, simfopik va kamer musiqa asardari (jumladan, vokal-turkumlari, fortepiano uchun 24 Prelyudiya va boshqalar), shuningdek, 250 dan ortiq estrala qo’shiqlari, estrada aranjirovkalarini yaratgan.