OXUNJONOV BOSIT ALIYEVICH

OXUNJONOV BOSIT ALIYEVICH (1923. 19.7, Toshkent — 2000.7.2) — xirurg. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1991), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1990). Tibbiyot fanlari Doktori (1979), professor (1981). Toshti ni tugatgach (1949), aspirant (1949— 52), toshti pediatriya fakulteti gospital xirurgiya kafedrasida assistent (1953-61), Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1961-63), toshti pediatriya fakulteti xirurgiya kafedrasida dotsent (1964— 72), Toshkent tibbiyot pediatriya instituti xirurgiya kafedrasi mudiri (1972— 91), shu kafedrada professor- konsultant (1991-2000). Ilmiy ishlari o’tkir ichak tutilishi masalalariga va jigar tsirrozini uning faoliyatini kuchaytiruvchi omillardan foydalangan holda jarrohlik yo’li bilan davolashga oid.