RAMAZONOVA SHIRIN

RAMAZONOVA SHIRIN (1941.4.2, Urganch) — O’zbekiston xalq artisti (2005). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1980). “Ravshan va Zulxumor” spektaklidagi Zulxumor uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Layli (“Layli va Majnun”), Shohsanam (“Oshiq g’arib va Shohsanam”), Zuhra (“Tohir va Zuhra”), Nurxon (“Nurxon”), Xolisxon (“Xolisxon”), Oyxon (“Maysaraning ishi”), Ofeliya (“Hamlet”), Amaliya (“Qaroqchilar”), Karomat (“Toshbolta oshiq”), Nazokat (“parvona”), ofat (“Qaynona”) va boshqalar. Ramazonova sahnada yaratgan eng yaxshi obrazlardir. Xattiharakatlaridagi tabiiylik, ichki kechinmalarni ifodalash maromi, nutqning aniq, ravon va ta’sirchanligi Ramazonova ijodiga xosdir. “Feruz-1”, “Munojot”, “Sevgi”, “yurak”, “Ayrilma mendan”, “Bahor keldi” kabi ashulalari bilan xonanda sifatida ham tanilgan.