SINGX MANMOXAN

SINGX MANMOXAN (1932.26.9, Pokistonning Gax shaharchasi) — Hindiston davlat arbobi. Panjob universitetini tugatib, 1952 yil bakalavr, 1954 yil magistrlik darajasiga ega bo’lgan. Kembrij universitetida o’qigan. 1957 yildan Panjob universitetida o’qituvchi, 1966 yildan BMTning Jenevadagi savdo va taraqqiyot konferentsiyasi kotibiyatida konsultant, 1969 yildan Dehli universiteti professor, 1972 yildan Hindiston moliya vazirligida iqtisodiyot bo’yicha maslahatchi, 1976 yildan shu vazirlikla iqtisodiy masalalar bo’yicha departament rahbari — vazir o’rinbosari, 1982 yildan Hindiston rezerv banki boshqaruvchisi, ayni vaqtda 1983-84 yillarda Hindiston bosh vaziri huzuridagi iqtisodiy kengash a’zosi, 1985 yil Hindiston iqtisodiy assotsiatsiyasi prezidenti, 1985 yildan Hindiston reja komissiyasi raisi — vazir, 1990 yil dekabrdan Hindiston bosh vaziri maslahatchisi, 1991 yil Milliy universitet komissiyasi rahbari. 1991 va 1995 yil parlamentning yuqori palatasiga saylangan. 1991 yil iyundan Hindiston moliya vaziri, 1996-2004 y.larda vazirlik huzuridagi konsultativ qo’mita a’zosi. 1996 yil avgustdan parlamentda savdo qo’mitasi raisi. 1996 yil mart — 2004 yil parlament yuqori palatasida muxolifat yetakchisi. 2000 yildan Hindiston parlament guruhi ijroiya qo’mitasi a’zosi. 2004 yil 22 maydan Hindiston Respublikasi bosh vaziri. Iqtisodiyot bo’yicha ilmiy asarlar muallifi. Hindiston va xorijdagi bir qancha universitetlarning faxriy darajalari sohibi.