ENXBAYAR NAMBARIN

ENXBAYAR NAMBARIN (1958.1.6, Ulan-Bator shahri) — Mongoliya davlat arbobi. Moskva adabiyot institutini tugatgan (1980). 1980 yildan tarjimon, muharrir, Mongoliya yozuvchilari assotsiatsiyasi departamenti boshlig’i, so’ng kotibi, Mongoliya tarjimonlar uyushmasi vitse-prezidenti, 1990 yildan Mongoliya hukumati huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish qumitasi raisi urinoosari. 1992 yildan Mongoliya madaniyat vaziri, Avalokiteshvar Budxisatva yodgorligini tiklash hukumat komissiyasi boshlig’i, 1996 yildan Mongoliya Xalq inqilob partiyasi bosh kotibi, raisi, 1997 yildan Mongoliya Buyuk davlat xurali (parlament) a’zosi, ozchilik yetakchisi, 2000 yildan Mongoliya bosh vaziri, 2005 yil maydan Mongoliya prezidenti.