TALMUD

TALMUD (qadimgi yahudiycha lameyd — o’rganish, ta’limot) — iudaizmda muqaddas hisoblanadigan ko’p jildli diniy yozuvlar to’plami. Miloddan avvalgi 4 asrdan milodiy 5-asrgacha yahudiy ruhoniylarning Tavrotni sharxlashi va qayta izohlashi natijasida vujudga kelgan. Talmud iudaizm diniga xos aqidalar, ibodat va marosim talablari, axloqiy, ququqiy me’yorlarni o’z ichiga oladi.