TAMARXO’T KO’LI

TAMARXO’T KO’LI — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ko’l; Kishtut daryosi bo’yida. Tamarxo’t qishlog’i yonida, 3000 metr balandlikda . Tog’ qulashidan hosil bo’lgan. Ko’l doyra shaklida, diametri 500 metr. Suvi tiniq. Ko’lda Osman baliq ko’p. Qirg’og’ida qayin daraxtlari, atrofida archazorlar, subalp va Alp o’tloqlari bor.