TAMPA

TAMPA — AQShning Janubiy Sharqiy qismidagi shahar, Florida shtatida. Aholisi 303,4 ming kishi (2000). Meksika qo’ltig’i sohilidagi port, chetga, asosan, fosforitlar, tsitrus mevalar chiqariladi. Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat va savdo-moliya markazlaridan. Oziq-ovqat, kimyo, poligrafiya, metallurgiya, metallsozlik, kemasozlik, radioelektronika sanoatlari korxonalari, 2 universitet bor. Iqlim kurorti. Turizm rivojlangan. Tampa yaqinidan fosforit qazib olinadi.