TARKVINIY MAG’RUR

TARKVINIY MAG’RUR (Tarquinius Superbus) — Rim rivoyatlariga ko’ra, qad. Rimning so’nggi podshosi (miloddan avvalgi 534/533-510/509). Serviy Tulliyni o’ldirib, taxtni egallagan; rimliklar tomonidan quvib yuborilgan.