TAQA

TAQA — ot, eshak va boshqa tuyoqli uy hayvonlarining tuyoqlarini mexanik shikastlanishdan asrash uchun qoqiladigan metall moslama. Toblangan mustahkam uglerodli po’latdan qilinadi. Temirchilik ustaxonalarida temirchilar tomonidan qoqiladi.