TEVTON ORDENI

TEVTON ORDENI, nemis ordeni — katolik diniyrisarlik harbiy tashkiloti. 12-asr oxirida salib yurishlari chog’ida Falastinda asos solingan. 13-asr — 1525 yilda Boltiqbo’yida, orden tomonidan pruslar, litvalar, polyaklardan tortib olingan yerlarda Tevton ordeni davlati mavjud bulgan. Orden 1410 yil Gryunvald jangida tormor etilgan. 1466 yildan Polsha vassali. 1525 yil uning Boltiqbo’yidagi mulklari dunyoviy Prussiya gersogligiga aylantirilgan.