TEKIS BOSMA MASHINASI

TEKIS BOSMA MASHINASI – matn va tasvirlarni ko’plab chop etishda ishlatiladigan bosma mashina. Bunda qolip tekis stol — ilgarilamakayta harakat qiluvchi talerga, qog’oz esa aylanuvchi tsilindrga mahkamlanadi. Tekis bosma mashinasining tsilindri bir tsiklda 2 marta aylanadigan 2 aylanishli, 1 marta aylanadigan 1 aylanishli, stopsilindrli (tsilindri to’xtaydigan) va reversiv xillarga bo’linadi. Tekis bosma mashinasida kichik adadli nashrlar bosiladi.