TETRAEDR

TETRAEDR (tetra… va Yunoncha hedra — yoq, asos) — uch burchakli piramida. Tetraedrning yokdari muntazam uchburchaklardan iborat bo’lsa, u muntazam Tetraedr deyiladi. Muntazam Tetraedr — muntazam ko’pyoklarning 5 ta turidan biri; uning 4 ta (uch burchakli) yoqlari, 4 ta uchi va 6 ta qirrasi bor. Muntazam Tetraedr qolgan 4 ta muntazam ko’pyoqlilardan farqli ravishda simmetriya markaziga ega bo’lmaydi. Muntazam Tetraedrning 6 ta simmetriya tekisligi bo’lib, bu tekisliklarning har biri Tetraedrning bir qirrasi va bu qirra bilan uchrashmaydigan qirrasining o’rtasidan o’tadi.