TARTIB
TARTIB, rejim – EHM ning faoliyat holatini ko’rsatish, ma’lum bir dasturlar (algoritmik til, amaliy dastur va boshqalar) ning ishlash uslubi. Masalan, EHM ning ishlash Tartiblari: paket tartibi — butun paket unga kiruvchi barcha masalalar va ularning ustivorligi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan usul. Bu Tartibda masalalarni mustaqil yechish o’rniga barcha dasturlar EHM xotirasiga kiritilib, alohida vazifalar sifatida masalatarni yechishdan iborat paket (plan) tuziladi. Paket Tartibi bir dasturli va ko’p dasturli bo’ladi. Vaqtni bo’lish tartibi — EHM ga bir paytda terminal deb ataluvchi, ma’lumotlarni masofadan turib kiritib-chiqaruvchi qurilmalarni ulash usuli. Terminallar boshqa binolar, korxonalar yoki shaharlarda joylashgan bo’lishi mumkin. Real vaqt tartibi — boshqariluvchi ob’yektdagi avariya holatlari sodir bo’lganda bajariladigan ishchi dasturlarning yuqori ustivorlikka ega bo’lish usuli. Ba’zi algoritmik tillarda (masalan, Turbo Paskal) kompilyasiya qilish uslublari, tarjima qilingan dasturlarni saqlash, ularni bajarish va boshqa ishlarda ham har xil Tartib o’rnatilishi mumkin. Amaliy dasturlarda ham, hujjatlarni saqlash. ko’rish, chop etish va boshqa holatlarda ham ma’lum Tartiblar o’rnatiladi.