ELEKTROMAGNIT INDUKTSIYA

ELEKTROMAGNIT INDUKTSIYA — magnit maydonida harakatlanuvchi o’tkazgichda yoki berk kontur o’rab turgan sirt orqali o’tuvchi magnit induktsiya oqimi o’zgarganda konturda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil bo’lish hodisasi. M. Faradey kashf qilgan (1831). Elektromagnit induktsiyaning xususiy holi o’zaro induktsiya va o’zinduktsiya. Elektromagnit induktsiya hodisasidan elektrotexnikada, xususan, generatorlar, transformatorlar va boshqalarda foydalaniladi.