ELINVAR

ELINVAR (Yunoncha — elastik va lotincha — o’zgarmas) — temirnikel asosidagi qotishma. Tarkibida temir va nikeldan tashqari 7 — 9% xrom, 2— 3% marganes va boshqalar elementlar bo’ladi. Alohida issiqlik xossasiga ega bo’lgan, ya’ni elastiklik xossasini taxm. 40° dan 60° gacha intervadda saqlashi kerak bo’ladigan buyumlar — kamerton, membrana, prujina, soat millari tayyorlashda ishlatiladi. Eliminatsiya tarkibidagi nikelning bir qismi kobaltga almashtirilsa, superinvar deb ataluvchi qotishma paydo bo’ladi. Superinvar aniq asboblar, masalan, geodezik va optik asboblar yasash uchun ishlatiladi.