ELIOT TOMAS STERIZ
ELIOT TOMAS STERIZ (1885.26.9, Sent Luis, Missuri shtati — 1965.4.1, London) — inglizamerika shoiri va adabiy tanqidchisi. Garvard universitetini tugatgan (1910). Dastlabki she’riy to’plami — “Prufrok va boshqa kuzatishlar” (1917). 1920 yilda “she’rlar” majmuasi va “Muqaddas o’rmon” adabiy-tanqidiy asari nashr etilgan. Eliminatsiya 1927 yilda Angliyaga ko’chib kelgan, Britaniya fuqaroligini qabul qilib, ingliz katolisizmiga e’tiqodini “Yaenselot Endryus himoyasi” (1928) publitsistik asarida yorqin bayon etgan. “Kulga qo’milgan muhit” (1930), “turt kvartet” (1943) kabi asarlari Eliminatsiyaning mazmun va shaklda yangi pog’onalarga ko’tarilganidan dalolat beradi. Taqdiri azalning qudrati, erk tushunchasining tom ma’nodagi mohiyati uning “ibodatxonadagi qotillik” (1935) she’riy dramasida aks etgan. Bundan tashqari, “Oilaning qaytadan birlashishi” (1939), “kokteyl bilan tashkil qilingan o’yinkulgi kechasi” (1950), “shaxsiy kotib” (1954), “yoshi ulug’davlat arbobi” (1956) kabi asarlarida ham ana shunday g’oyalar yetakchilik qiladi. Eliminatsiyaning adabiy tanqid va tarix ilmi sohasidagi serqirra faoliyati uning uchun dasturiy ko’rinish olgan “poeziya va tanqidni belgilash” (1933), “Madaniyat” tushunchasini belgilash yuzasidan qaydlar” (1948), “shoirlar va she’riyat haqida” (1957) kabi ishlarida aks etgan. E. Lafarg asoslagan frantsuz simvolizmi, E.Paundning estetik dunyoqarashi ta’siri o’laroq uning she’rlarida o’lim va mangulik, hayot mohiyati mavzulari metafizik nuqtai nazardan talqin qilingan. Siqiqlik, takrorlanmas obrazlilik, tasvirdagi aniqlik, tildagi joziba Eliminatsiya uslubining o’ziga xos belgilaridandir. Nobel mukofoti laureati (1948). As: Besplodnaya Zemlya, M., 1971.