ELEKTRONIKA INSTITUTI

ELEKTRONIKA INSTITUTI, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi U. Orifov nomidagi elektronika instituti — ilmiy muassasa. Asosiy yo’nalishlari emission elektronika va sirt fizikasi; ular elektron texnika, Materialshunoslik (shu jumladan termoyadro va kosmik Materialshunoslik), ilmiy asbobsozlik, mikrova nanoelektronika tadqiqotlariga qaratilgan. institut O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutining elektronika bo’limi asosida tashkil etilgan (1967). Institutga 1977 yilda uning asoschisi U. Orifov nomi berilgan. Institutda adsorbtsiya va emissiya hodisalari, zarralarning o’zaro ta’siri nazariyasi, sirtda elektron va ion jarayonlari, orientatsiya hodisalari fizikasi, klasterlar fizikasi, yuqori kuchlanishli elektronika, elektroeroziya texnologiyalari, paxta fizikasi laboratoriyalari mavjud. Institutda 1988 yildan fizika va Fizika-texnika sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlashga mo’ljallangan “elektronika” ilmiy-o’quv markazi faoliyat ko’rsatadi. Institutda atom va molekulyar zarralar va plazmaning qattiq jism sirti bilan o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladigan jarayonlar va hodisalar haqida yangi ma’lumotlar olish, shular qatorida kosmik fazoda qattiq jism sirti va hajmida, termoyadro reaktorining birinchi devori materiallarida yuz beradigan jarayonlarni modellashtirish, bu jarayonlarning qonuniyatlari va mexanizmlarini aniqlash, fundamental tadqiqotlar asosida yarimo’tkazgich va konstruktsion materiallar olish va ularga ishlov berishning ekologik toza ionnur va plazma texnologiyalarini ishlab chiqish, sanoatning turli sohalarida foydalaniladigan yangi turdagi asboblar va boshqalar muammolar ustida ilmiy tekshirish ishlari olib borildi. Xususan, qattiq jism sirtning ion sochilish spektroskopiyasiga asos bo’lgan tez ionlarning sirt bilan juft to’qnashuvlari modeli (U.O. Orifov, A.X. Ayuxanov); kinetik ionelektron emissiyasi nazariyasi (E.S. Parilis, X. Kishenevskiy); potentsial electron emissiyasining chiqish ishiga bog’liqligi va rag’batlantirilgan potentsial ionelektron emissiyasi (u.O.Orifov, R. R. Rahimov, S. G’oipov, A. S. Baltenkov); ko’p razryadli ionlar bilan bombardion qilinayotgan dielektriklar va yarim o’tkazgichlarning anomal to’zg’ishida “Kulon portlashi” hodisasining oldindan aytib berilishi va tajribada tasdiqlanishi (E. S. Parilis, D. D. Gruich, R. R. Rahimov, S. N. Morozov); qattiq jism sirti bilan ko’p atomli zarralar o’zaro ta’sirining dastlabki tadqiqotlari natijasida organik va Bioorganik birikmalar sirtiy ionlanishi asosiy qonuniyatlarining aniqlanishi hamda sirtionizasion massspektrometrlarining va gaz analitik asbobsozlikda yangi yo’nalishning fizik-kimyoviy asoslari yaratilishi (O’.X. Rasulov, E. G. Nazarov); ikkilamchi Klaster ionlarning monomolekulyar bo’linish qonuniyatlarini va bu to’zg’igan klasterlarning energetik holatlari birinchi bor aniqlanishi (N X. Djemilev, O’. X. Rasulov); metallarni molekulyar ionlar bilan bombardimon qilganda ularni ko’p atomli Klaster ionlar ko’rinishida to’zg’ishining anomal yuqori noadditivlik effekti (O’.X. Rasulov, S. F. Belix); o’rtacha va past energiyali atomlarning qattiq jism sirtidan sochilish nazariyasi (E. S.Parilis, N.Y.To’raev, F.F.Umarov, V.X. Ferleger, A.A. Jo’raxolov); Oje effektining nazariy (E. S. Parilis) va eksperimental tadqiqotlari (A. A. Aliev); lazer nurlanishi energiyasi uning 2, 3, 4, 5 garmoniklariga, shuningdek, parametrik to’lqinlarga o’zgartirishning chegaraviy samaradorligi nazariy asoslanishi va jahonda birinchi bor tajribada amalga oshirilishi (T.B. Usmonov, hamkorlikda) kabi muhim ilmiy tekshirish ishlari bajarildi. Institutda sanoat, xalq xo’jaligi va qishloq xo’jaligining turli tarmoqlari uchun yangi texnologiyalar va asbob-uskunalar yaratish borasida tadqiqot ishlari olib boriladi. Institutning muhim yo’nalishlaridan biri paxta fizikasi, ekiladigan chigit olish texnologiyasi va mashinalarini yaratish bilan bog’liq. O’zbekistonda tuksizlantirilgan urug’lik chigitning deyarli hammasi intda ishlab chiqilgan texnologiya bo’yicha olinadi. Institutda 2 akademik, 6 fan doktori, 29 fan nomzodi bor. Institut faoliyati akademik U. Orifov, S. V. Starodubtsev, M. S. Saidov, T. D. Rajabov, O’. X. Rasulov, N. Y. To’rayev va boshqalar olimlar nomi bilan bog’liq. Institut Germaniya, Frantsiya, Avstriya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya, Rossiya, Ukraina va boshqalar mamlakatlarning ilmiy tekshirish markazlari bilan yaqin ilmiy aloqa o’rnatgan. Institutda turli xalqaro dasturlar doirasida 11CHTA5, IATO, MAGATE, SHAYU, SBSHG’, 8TS11 grantlari bo’yicha xorijiy ilmiy markazlar bilan, shuningdek, O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi ilmiy-texnik kooperasiya bo’yicha hukumatlararo kelishuv doirasida Germaniya ilmiy markazlari bilan hamkorlikda ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. Institut bazasida emission elektronika, fizik elektronika va boshqalar bo’yicha xalqaro hamda respublika miqyosida ilmiy anjumanlar o’tkazib turiladi. Institut olimlarining ba’zi muhim ilmiy tekshirish ishlari Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan (1967, 1996).