ENDOGAMIYA

ENDOGAMIYA (Yunoncha Endo… va — nikoh) — bironta ijtimoiy guruh (qabila, urug’, tabaqa va boshqalar)ning o’z ichidan uylanishini taqozo etuvchi odat. Ibtidoiy jamiyatda urug’ ekzogam, qabila esa endogam bo’lgan. Ibtidoiy jamoa munosabatlarining buzilish davrida bir qancha xalqlar (malagasiylar, bantu xalqlarining bir qismi, arablar, o’zbeklar, tuareglar, Dog’istonning ayrim xalqlari va boshqalar)da urug’ yoki ichidagi guruhlarda endogam nikoh qaror topdi. Bundan maqsad yaqin qarindoshlar ichida molmulkni saqlash edi. Natijada nikoh akaukalarning bolalari o’rtasida, Amakivachchalar va ota yoki ona tomoniga mansub qarindoshlar o’rtasida bo’lgan.