ENTELEXIYA

ENTELEXIYA (Yunoncha — tugal, mukammal va — egaman) — Aristotel falsafasidagi tushuncha; borliqdagi bironbir imkoniyatning amalga oshuvi, shuningdek, ana shu amalga oshishning harakatlantiruvchi omilini (masalan, jon tananing Entelexiyasi sifatida) bildiradi va borliqning to’rtta asosiy printsipi — shakl, materiya, ishtirok etuvchi sabab va maqsad birligini ifodalaydi. Entelexiyada hodisalarni tushuntirishning teleologik printsipi namoyon bo’ladi. “Entelexiya” termini o’rta asr falsafasida, G. V. Leybnis ta’limotida saqlangan. Biologik hodisalar sabablarini g’ayritabiiy kuchlardan qidirish ham ana shu tushuncha bilan bog’liqdir.