EON

EON (Yunoncha — asr, davr) — bir necha eralarni birlashtiruvchi geoxronologik shkalaning kichik bo’limi. Arxey va proterozoy eralaridan iborat tokembriy Eon va paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralaridan tashkil topgan fanerozoy Eon farq qilinadi. Eon Yer geologik tarixi davomida eonotema rivojlangan uzoq vaqt bo’lib, bir necha yuz million yil davom etadi.