EPIBLEMA

EPIBLEMA (Yunoncha — qoplog’ich, qoplash), rizoderma — ildizning bir qavat joylashgan hujayralardan iborat birlamchi so’ruvchi to’qimasi. O’sadigan ildizda dermatogen hisobidan o’sish konusi yaqinida hosil bo’ladi. S. hujayralari (trixoblastlar) ildizning shimuvchi qismi yuzasini kengaytiradigan o’simtalar — ildiz tukchalarini hosil qiladi; o’simlikni tuproqda ushlab turadi; shuningdek, tuproqdagi moddalarga ta’sir qiladigan bir qancha organik kislotalar ajratadi. Epiblema ildizning moddalarni tuproqdan tanlab so’rib oladigan dastlabki to’siq to’qimasi hisoblanadi. Epiblema qisqa yashaydi; uning o’rniga o’sayotgan ildizda Epiblemaning yangi qismlari paydo bo’ladi.