EPISENTR
EPISENTR (epi… va lotincha — doira markazi) — 1) zilzila o’chog’i Markaziy nuqtasining yer sirtiga proektsiyasi. Episentrning o’rni seysmik stansiyalarning qaydlari va yer sirtidagi vayronagarchiliklar darajasiga qarab aniqlanadi; 2) havo (yer osti, suv osti)da yuz bergan yadro portlashi markazining yer sirtiga proektsiyasi. Bunday Episentrning o’rni maxsus asboblarning qaydlari va portlashdan hosil bo’lgan chuqurning markaziga qarab aniqlanadi.