ELEMENTORGANIK BIRIKMALAR
ELEMENTORGANIK BIRIKMALAR — uglerod atomi boshqa element atomi bilan to’g’ridan-to’gri birikkan organik birikmalar. Uglerod vodorod, kislorod, azot, oltingugurt yoki galogenlar (ftordan tashqari) bilan birikkan birikmalar, odatda, Elementorganik birikmalarga kirmaydi. Elementorganik birikmalar odam va hayvonlar hayot faoliyatida muhim rol o’ynaydi. Masalan, V]2 vitamini o’zida kobalt, gemoglobin esa temir saqlaydi, fosfororganik birikmalar uglevodlar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi. Margimush, surma, oltin, simob birikmalari kimyoterapiyada, kremniy sintetik kauchuk va surkov moylari sanoatida, qo’rg’oshin birikmalari antidetonatorlar tayyorlashda, fosfor birikmalari insektisidlar ishlab chiqarishda, ftor birikmalari sovitkichlar va polimerlar sanoatida, alyuminiy birikmalari polimerlar sintezida, qalay birikmalari esa polimerlar eskirishining oldini olishda, magniy, litiy hamda rux birikmalari organik sintezda keng ko’llanadi.