ELBA

ELBA, laba — Yevropadagi daryo, Chexiya va Germaniya hududlaridan oqadi. Uzunligi 1165 kilometr, havzasining maydoni 154,8 ming kilometr kvadrat. Krkonoshe tog’larining Janubiy g’arbiy yon bag’irlaridan boshlanadi. Yuqori oqimida 70 metr balandlikdagi Elba sharsharasini hosil qiladi. Rudali tog’lar va Saksoniya (Shveytsariya) tog’ tizmalaridagi daralardan, Maysen shahridan quyiroqda o’rta yevropa tekisligi bo’ylab botqoq va ko’llar hosil qilib keng vodiydan oqadi. Qirg’oklarida toshqinga qarshi dambalar qurilgan. Daryo kengligi Drezden shahri yaqinida 100-150 metrdan Gamburg shahrida 300-500 metrgacha yetadi. Estuariy hosil qilib shim. dengizga quyiladi. Asosiy irmoqlari: Yizera, Xafel, Vltava, Zaale. O’rtacha suv sarfi 920 m3/sek., bahor oylarida toshadi. Quyilish yeridan 950 kilometr masofada kema qatnaydi, Gamburg shahrigacha dengiz kemalari ham kira oladi. Kanallar orqali Vezer, EMS, Reyn va Odra daryolari, kil kanali orqali Boltiq dengizi bilan bog’langan. Elba bo’yida usti, Drezden, Magdeburg shahrilari, quyilish erida Gamburg port shahri joylashgan.