TANSHAN

TANSHAN — Xitoyning shimol qismidagi shahar. Xebey provintsiyasida. Aholisi 1,5 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Mamlakatning shim.Sharqiy qismidagi Buyuk Xitoy tekisligining yirik sanoat markazlaridan. Qora metallurgiya, mashinasozlik, tsement, oynashisha, keramika, yengil (to’qimachilik) sanoati korxonalari bor. Tanshan 1976 yilgi zilziladan qattiq shikastlangan. Shahar yaqinidan ko’mir qazib olinadi.