TOSHKENT UCHRASHUVI

TOSHKENT UCHRASHUVI (1966) Hindiston bilan Pokiston o’rtasida 1965 yil ro’y bergan qurolli to’qnashuvni hal qilish maqsadida Pokiston prezidenti M. Ayyubxon bilan Hindiston hukumati rahbari L. B. Shastrining uchrashuvi (1966 yil 4-10 yanvar). Uchrashuv SSSR Ministrlar Soveti raisi A. N. Kosigin ishtirokida o’tgan. Toshkent uchrashuvida Toshkent deklaratsiyasi imzolanib, unda ikki mamlakat o’rtasidagi janjalli masalalarni tinch yo’l bilan hal qilishga kelishilgan.