TOHIRIYLAR

TOHIRIYLAR — Xurosondagi Tohiriylar davlashida hukmronlik qilgan sulola (821-873). Rasman abbosiylar vassali hisoblangan. Sulolaga 821 yil Tohir ibn Husayn asos solgan. Tohiriylar hukmdorlari: Tohir ibn Husayn (821-822), Talha ibn Tohir (822-828), Abdulloh ibn Tohir (828-844), Tohir II ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873). 873 yil Xurosonda Tohiriylar hukmronligi tugatilib, yangi Safforiylar davlati tashkil topgan.