“TRIPITAKA”
“TRIPITAKA” [(sanskritcha — qonunning uch savati), pali tilida “Tipitaka”] — buddizm yozuvlari to’plami. Pali tilidagi “Tripitaka”— hinayananing muqaddas asari; uning bir necha qoidalari Rojagrixdagi 1-budda yig’ini (miloddan avvalgi 5-asr)da bayon qilingan; tugal tahriri miloddan avvalgi 3-asrga mansub. Sanskrit tilidagi “Tripitaka” mahayanannng muqaddas asari bo’lib, miloddan avvalgi 80-asr yozilgan, to’liq saqlanmagan, uning ayrim qismlari Xitoy tili va Sharqiy Osiyodagi boshqa tillarga qilingan tarjimasi orqali etib kelgan.