TAYYUAN

TAYYUAN — Xitoydagi shahar, Finxe daryosi (Xuanxe daryosi havzasi) bo’yida. Shansi provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 2,95 million kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Qora metallurgiya, og’ir mashinasozlik, kimyo, yengil sanoat korxonalari mavjud. Shahar yaqinidan toshko’mir, temir rudasi, ohaktosh qazib olinadi. Tayyuan — Xitoyning qadimgi shaharlaridan biri. Tsin sulolasi (1644— 1911) davrida Shansi provintsiyasidagi eng katta shahar bo’lgan. Me’moriy yodgorliklaridan Szintsi, Shenmudan ibodatxonalari (6-7-asrlar), shahar yaqinidagi Tyanlunshan tog’ida gor ibodatxonasi (6-asr) bor.