TAKA, TEKE

TAKA, TEKE — turkman kabilalaridan biri. Takalar 17-18-asrlarning 1-yarmida Bolxon tog’i vodiysida, Xorazmda va Amudaryo bo’ylarida yashagan va ularning katta bir qismi Tajan vohasini egallagan. Takalarning asosiy qismi 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida Axaltaka va Murgob vodiylariga ko’chgan; Marvni 19-asrning o’rtalarida egallagan. Takalar 2 guruhga: otamish (beg, anouli va vekil nomli yirik urug’larga) va To’xtamishga bo’lingan. 1897 yilda Takalardan Murg’ob vohasida 20 ming xo’jalik, Tajan va Qaahqada 7 ming xo’jalik, Axaliyada 9 ming xo’jalik bo’lgan. Takalar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. 19-asrning boshida Takalar boshqa Turkman qabilalari bilan aralashib, Turkman xalqi tarkibiga singib ketgan.