TAKA
TAKA — echkining erkagi, urg’ochi echkilarni qochirish uchun tanlab olinadigan zotli erkak echki. Echki va qo’y poda (suruv)larini yetaklab yurib, cho’ponlar mehnatini yengillashtiruvchi jonivor. Uloqlik paytida bichib qo’yilgan (erkaklik jinsi tomiri uzib qo’yilgan yoki olib tashlangan) bo’lsa ko’pincha “serka” deyiladi. Echkilar suruvi sifatini yaxshilashda va echkilar mahsuldorligini oshirishda (ayniqsa, naslchilik xo’jaliklarida) Takalar zotiga alohida e’tibor beriladi; Takalarda jinsiy uyg’onish erta (6 oyda) boshlanadi. Lekin nasl olishga 1,5—2 yoshida jalb etiladi. Erkin qochirishda bir Takadan mavsumda o’rtacha 25-35, sun’iy qochirishda 250-300 urg’ochi echkini urug’lantirish uchun 5-6 yil davomida foydalaniladi. Takalarni boqish, asrash, parvarish qilish zooveterinariya tartibqoidalari asosida tashkil etiladi.