TAKASH MAQBARASI
TAKASH MAQBARASI – ko’hna Urganchdagi me’moriy yodgorlik (13-asr boshlari). Xorazm shoxi Takash (1200 yil vafot etgan) ga atab qurilgan. Maqbara murabba tarhli (11,45×11,45 metr), poygumbazi (balandligi 12,5 metr) g’o’lasimon G’arovli, gumbazikuloxiy. Unga Janub tomondagi peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq ravog’i sopol muqarnaslar bilan pardozlangan. Devor qalinligi 3,5 metr, tashqi poygumbazidagi mayda yassi ravoqchalar ichi naqshlar bilan to’ddirilgan, ba’zilariga xonani yoritish uchun tobadonlar ishlangan, tepasi muqarnas kosachalar bilan bezatilgan. Ichki poygumbazi va gumbazida ham o’ziga xos me’moriy shakllar qo’llanilgan, ustun, eshik, mehrobidagi yog’och o’ymakorligi namunalari haqiqiy san’at asaridir. Tashqi qiyofasida o’sha davr Xorazm me’morligining o’ziga xos jihatlari aks etgan.