EMAL

EMAL (Fransuzcha etap) — metall sirtiga elektrokimyoviy usulda beriladigan mustahkam shishasimon qoplama. Emallarning asosiy komponentlari kremniy (1U)oksid §yu, bor (III)oksid V20,, ishqoriy va ishqori yer metallarining oksidlari, ba’zi ftoridlar, alyuminiy (Sh)oksid A1,03, titan (1U)oksid Tyu 2, qo’rg’oshin hamda rux oksidlari va boshqalardan iborat. Emal tayyorlash uchun xom ashyo aralashmasi (dala shpati, kvars qumi, tanakor, borat kislota, soda, selitra, flyuorit, kriolit, bo’yagichlar va boshqalar) maxsus pechlarda 1150-1300″ trada suyuqlantirilgach, tegishli ishlovlar beriladi. Emal shaffof yoki bo’g’iq, turli rang bo’lishi mumkin. Sopol va shisha mahsulotlarga qoplanadigan bo’g’iq sirlar ham goho Emal deb ataladi. Emal metallarni zanglashdan saqlaydi va tashqi ko’rinishini ko’rkamlashtiradi. Emal, asosan, qora metallar — cho’yan, po’latga, ba’zan mis va alyuminiy hamda turli qotishmalardan ishlangan mahsulotlarga qoplanadi.