EMPEDOKL AKRAGANTLIK

EMPEDOKL AKRAGANTLIK (miloddan avvalgi 487/482, Akragant — miloddan avvalgi 424/423, Peloponnes) — yunon faylasufi, shoir va vrach. Empedokl o’zining “tabiat haqida”gi falsafiy dostonida olamning asosiga 4 unsur (yer, suv, havo va olov)ni qo’yadi. Ularning birikishi va ajralishi mikdorii va sifatiy bo’linishlarga bog’liq. Unsurlar esa o’z-o’zicha doimo o’zgarmay turaveradi. Bu ta’limot ko’p asrlar davomida antik va o’rta asr falsafasida saqlanib keldi. Empedoklga ko’ra, olamda uni harakatlantiruvchi 2 ta kuch — muhabbat (tortish kuchi) va dushmanlik (itarish kuchi) bo’lib, ular navbatma-navbat hukmronlik qiladi. Empedoklning tabiiyilmiy (Quyosh tutilishi haqida va boshqalar), tirik mavjudotlarning qonuniyatli evolyusiyasi (tuproqdan tabiiy ravishda avvalo o’simliklar, keyinchalik hayvonot olami paydo bo’lgan, ular uzoq taraqqiyot yo’lini bosib o’tgach, inson vujudga kelganligi) haqidagi farazlari. odam o’ziga yaqinroq va o’xshashroq mavjudotnigina biladi, chunki o’xshash narsa hammavaqt o’xshashi tomonidan bilinadi, degan fikrlari diqqatga sazovordir. Empedokl anatomiya va fiziologiya muammolariga katta e’tibor bergan. “Poklanish” dostonida ruhning ko’chib yurishi to’g’risidagi diniyaxloqiy qarashlarini bayon etgan. Sitsiliya tibbiy maktabining asoschisi hisoblangan.