Moybo’yoq bilan qay tariqa chiziladi?
Yirik tasviriy san’at asarlari — rassomchilik polotnolari chiziladigan badiiy moybo’yoqlar asosan zig’ir moyida uvadalanadi. Basharti ayrim rassomlar bo’yoqlarni o’zlari tayyorlashni ularni tayyor holda sotib olishdan afzal ko’rishadi. Moybo’yoqda chiziladigan suvrat odatda mato, yog’och yoxud kartonda ishlanadi. Mato molbert yoki devorga mahkamlanadi. Moybo’yoq rassomchiligi musavvirdan tasvirlash texnikasining aksariyat turlarini egallashni talab hiladi. Shuning unun ham chinakam tasvirchini tayyorlash — bu, uzoq va mashaqqatli mehnat. Badiiy maktablar va akademiyalar shu ish bilan shug’ullanadilar. Moybo’yoq rassomchiligidagi asosiy ish quroli-asbob — mo’yqalam yoxud kurakcha. Har bir mo’yqalam sohibi o’z chizish uslubiga ega va faqat unga xos bo’yoqlar palitrasi-majmuasidan foydalanadi. Buyuk musavvirlarning rasmlari butun dunyoda dong taratgan: ular muzeylar va galereyalarda namoyish etiladi. Masalan, Luvrda Leonardo da Vinchining buyuk asari — “Mona Liza” (Jokonda) kartinasini ko’rishimiz mumkin.