ENDOPARAZITLAR

ENDOPARAZITLAR (Endo… va Yunoncha ragazpok — tekinxo’r), ichki parazitlar — xo’jayin hayvon yoki o’simlik to’qimalari, ichki organlarida yashab, uning hisobiga hayot kechiruvchi organizmlar. Endoparazitlarga viruslar, bakteriyalar, ko’pgina zamburug’lar, eng soda hayvonlar va gijjalar kiradi. Ba’zi Endoparazitlar rivojlanishining ayrim davr (bosqich) larini xo’jayin organizm ichida o’tadi. Masalan, o’simlik bitlari (shiralar) tanasida afidiidlar oilasining vakillari, kuzgi tunlam va boshqalar, kemiruvchi tunlamlarda — apanteles, rogas, mikroplitis, taxin pashshalar va boshqalar, no’za tunlami (ko’sak qurti)da apanteles, anilasta, ambliteles va boshqalar parazitlik qiladi; trixogramma lichinkalari (ko’pgina tangaqanotli kapalaklar) tuxumida rivojlanadi va boshqalar Endoparazitlardan madaniy o’simliklarni zarakunandalardan himoya qilishda foydalaniladi.