TAVOIS

TAVOIS (dastlabki nomi Arqud) — Buxoro vohasidagi tarixiy viloyat (rustoq) va shahar. Milodning boshlarida bu yerda otashkada va otashgoh bo’lgan. Arablar ilk marta bu joyda tovusni ko’rishgach, “zot uttavois” — “tovuslar egasi” deb nom berishgan. Tabarmyning yozishicha, Tavoisda Qutayba ibn Muslimnpt maxsus qarorgohi bo’lgan. 730 yil 17 noyabrda arablar bilan turk xoqoni boshchiligidagi turkiylar va sug’diylarning Birlashgan qo’shini o’rtasida Tavoisda shiddatli jang bo’lib o’tgan. Bu jangda turkiylar yengilgan. Ilk o’rta asrlarda Tavoisda jome masjidi va katta Hisor (qo’rg’on) bo’lgan. Tavois o’rtasidan Abu Muslim arig’i oqib o’tgan. T. Buxoro — Samarqand katta yo’lining ustida joylashgan bo’lib, Narshaxiyning yozishicha, qadimgi vaqtlarda har yili kuz faslida u joyda 10 kun nuqsonli mollarning bozori bo’lgan. Farg’ona, Choch (Shosh) va boshqa joylardan kelgan savdogarlar bu yerda savdo-sotiq bilan shug’ullangan. Tavois axli dehqonchilik ham qilgan, shu tufayli badavlat kishilar ko’p bo’lgan. Tavoisdan ko’ttlab ulamo va muhaddislar [jumladan, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad attavoisiy (? — 956)] yetishib chiqqan. So’nggi o’rta asrlarda Tavois 2 qishloqqa: Tavoisi Bolo va Tavoisi poyonga bo’lingan. 19-20-asrlarda bu mavze Bo’ion deb nomlangan. Tavois yaqinida ilk o’rta asrlarga oid shahri vayron tepaligi bor. Hozir Tavois Navoiy viloyati, Qiziltepa tumaniga qarashli qishloq. Unga kiraverishda tovusga yodgorlik o’rnatilgan. Ad.: Narshaxiy , Buxorotarixi, T., 1966; Istoriya at-Tabari, T., 1987; Abdulkarim as-Sam’oniy, Nasabnoma (Alansob), Buxoro, 2003. Qahramon Rajabov.