TAGISKEN
TAGISKEN — so’nggi jez davriga oid arxeologik yodgorlik. 1959 yil Qizilo’rda (Qozog’iston) shahrining Janubi g’arbi, Sirdaryoning qadimgi o’zani Inqardaryo yaqinidan topilgan. Tagisken 1960-63 yillarda SSSR Fanlar Akademiyasi Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi (S. P. Tolstoe rahbarligida) tadqiqot ishlarini olib borgan. Tadqiqotlar natijasida Tagiskendan 70 dan ziyod mozorqo’rg’on aniqlangan. Dafn inshootlari ulkan bo’lib, ayrimlarining diametri 25 metrgacha. Tagisken 2 qismdan: shimol Tagisken va Janub Tagiskendan iborat. Shimol Tagisken miloddan avvalgi 9—8-asrlarga oid bo’lib, xom g’ishtdan qilingan hashamatli dafn inshooti qoldiqlari va uning atrofidan 14 ta har xil hajmdagi qabr topilgan. Ularga qabila boshliklari, atrofdagi qabrlarga esa, ularning qarindoshlari dafn etilgan. Qabrlardan oltin va jez isirg’a, marjon, jez mix, o’roq, paykon va sopol idish (ko’za, kosa, tuvak)lar topilgan. Janubiy Tagiskendan miloddan avvalgi 7-5-asrlarga oid sak qabilalarining dafn inshootlari ochilgan. Qabrlardan egarjabduq, jez o’q uchi, yog’och qinli shamshir, oyna va naqshlangan sopol idishlar, skifcha usulda ishlangan oltin bilaguzuklar, egarjabduqlarning jezdan yasalgan buyumlari topilgan. Moddiy madaniyatda so’nggi jez davriga oid mahalliy madaniyat an’analari bilan O’rta Osiyo Janubdagi birmuncha yuksak madaniyat Janub Ural savromatlari, Qozog’iston saklari va Janub Sibirning skif tipidagi madaniyati bilan aloqador bo’lgan.