ERA
ERA (lotincha — ayrim son, boshlang’ich raqam), davr — 1) biror yil hisobining boshi va shunday yil hisobi tizimi. Bo’lib o’tgan biror voqea yoki afsonaviy voqea-hodisa bilan bog’liq holda tasavvur qilingan. Masalan, xristianlarning milodiy yil hisobi Iso (Iisus Xristos)ning tug’ilgan kunidan, musulmonlarning hijriy yil hisobi Muhammad (sav)ning Makkadan Madinaga hijrat qilgan yili, ya’ni milodiy 622 yildan boshlangan; 2) ilgarigi davrlardan tubdan farq qiladigan davr, masalan, kosmik Era; 3) geologiyada — geoxronologik shkalaning eng yirik bo’linmasi; yerning geologik rivojlanishi va unda hayot paydo bo’lishi tarixining eng katta davrini tashkil etadi. Era eratemanit geoxronologik ekvivalenti, eoyaga bo’ysunadi va geologik davrlarga bo’linadi. “Era” termini 2 xalqaro geologik Kongress (1881) tomonidan kiritilgan. Fanerozoy mobaynida Eraning davomiyligi qadimiy davrdan yosh davrlarga qarab kamayib boradi (paleozoy 322 million yil, mezozoy 183 million yil chamasi, kaynozoy — 67 million yildan ortiq).