YEVROSIYO
YEVROSIYO — yer sharidagi eng katta materik, ikki qit’a — Yevropa va Osiyodan iborat. Yevrosiyo maydoni 54,9 million kilometr kvadrat, shundan 2,75 million kilometr kvadrat orollar. Materikning uzunligi (g’arbdan sharqqa) 16 ming kilometr, eni (shimoldan Janubga) 8 ming kilometr. Yevrosiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari: shimolda — Chelyuskin burni (77°43′ sh. k.), Janubda — Piay burni (G16′ sh. k.), g’arbda — Roka burni (9°34′ G’. u.), sharqda — Dejnev burni (169°40′ g. u.). Yevrosiyoga yer sharidagi quruqlikning 36,6% to’g’ri keladi, materikda yerdagi jami aholining qariyb 74% yashaydi. Aholisi 4396 million kishi (1999). Yevrosiyoning Janubi-sharqidagi bir qancha orollar Janub yarim sharda joylashgan. Yevrosiyoni g’arbdan Atlantika, shimoldan Shimoliy muz, Janubdan Hind, sharqdan Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari o’rab olgan. Yevrosiyo — eng qadimgi madaniyat maydonidir. Yevrosiyoning iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida Yevrosiyo materigining turli qismlarini bog’lovchi “Buyuk Ipak yo’li”ning ahamiyati katta bo’lgan. Quruqlikning yaxlitligi, ko’pgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy-tarixiy hodisalarning o’xshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom — Yevrosiyo deb atashga imkon beradi. “Yevrosiyo” tushunchasi geologiya va geografiya fanlariga 1883 yilda E. Zyuss tomonidan kiritildi.