TSELOSTAT
TSELOSTAT (lotincha caelum — osmon va Yunoncha statos — qo’zg’almas) — osmon gumbazining sutkalik ko’rinmas harakati tufayli joyini o’zgartiradigan osmon yoritqichlarini kuzatishga imkon beruvchi qo’shimcha astronomik asbob. Aylanib turuvchi yassi ko’zgusi bo’lib, u yoritqich nurini qo’zg’almas teleskopga yo’naltirib beradi. Asosan, Quyoshni kuzatish uchun ishlatiladi. Tselostatning ekspeditsion (olib yursa bo’ladigan) va stasionar (muqim) turlari bor. Ekspeditsion Tselostat, asosan, Quyosh tutilishlarini kuzatishga moslashgan bo’lib, quyosh nurini teleskop ob’ektiviga yoki kamera ko’zgusiga yo’naltirib beradi. Stasionar Tselostatlarni qo’shimcha yassi ko’zgu bilan ishlatishga to’g’ri keladi. Tselostat quyosh teleskoplarida, spektrogelioskoplarda ishlatiladi. Toshkent astronomiya institutida Tselostat Kuril – Mali spektrogelioskop, gorizontal quyosh teleskopi bor.