FIBROMA

FIBROMA (fibrin va … ota — o’sma ma’nosini ifodalovchi qo’shimcha), fibroblastoma — biriktiruvchi to’qimadan yuzaga kelgan xavfsiz o’sma. Tananing har qanday qismida uchraydi; o’sishiga ko’ra, diffuz Fibroma va chegaralangan Fibroma farq qilinadi. Fibromaning manbai fibroblastlardir. Fibromaning kechish davri va belgilari o’smaning o’sish tezligi va joylanishiga bog’liq. Ayrim vaqtlarda xavfli o’smaga aylanishi mumkin. Operatsiya yo’li bilan davolanadi.